Taklif etilgan ma’ruzachilar

HURMATLI HAMKASBLAR!

O‘zbekiston bolalar urologlari jamiyati (O‘BUJ) — bolalar urologiyasini tashkil etish va rivojlantirish, jahon standartlariga mos tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni mamlakatimiz davolash muassasalariga joriy etish maqsadida 2023-yil 12-iyunda Toshkentda bir guruh bolalar urologlari tomonidan ta’sis etilgan notijorat tashkilotdir. Bugungi kunda O‘BUJ O‘rta Osiyo mintaqasidagi bolalar urologlarining eng yirik mintaqaviy vakili hisoblanadi. Ilmiy forum doirasida taniqli mutaxassislar ishtirokida "jonli jarrohlik" amaliyotlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Sizni 2025-yil 1-2-may kunlari Toshkent shahrida (O‘zbekiston) bo‘lib o‘tadigan "O‘zbekiston bolalar urologlari jamiyatining ikkinchi xalqaro konferensiyasi"da ishtirok etishga taklif etamiz.

Konferensiyaga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin - Konferensiyaga ro‘yxatdan o‘tish (google.com). Tezislarni abstract@uspu.uzelektron manziliga yoki WhatsApp/Telegram orqali +998995168179 raqamiga yuborishingiz mumkin. Ma’ruzalar 3 daqiqadan oshmasligi lozim (muhokama uchun 2 daqiqa ajratilgan).

Konferensiya tillari: o‘zbek, ingliz, rus.

Yashash joyi: Shah-Palan mehmonxonasi.

Hurmat bilan,
O‘zbekiston bolalar urologlari jamiyati raisi
t.f.d. Saidanvar Agzamxodjayev.

Вверх